15:25 / 02.06.2015
3831

Beeline abonentlari mobil ilova orqali qo‘llab-quvvatlash xizmati operatoriga qo‘ng‘iroq uchun buyurtma berishlari mumkin

2 iyun 2015 yil, Toshkent. Aloqa operatori Beeline “Operatorga savol berish” bepul servisi ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Mazkur xizmat Beeline Uzbekistan mobil ilovasida mavjud va Beeline‘ning mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati operatorlariga qo‘ng‘iroq uchun buyurtma berish mumkin.
“Bu yangi xizmat – abonentlarimiz qulayliklari uchun qo‘yilgan yana bir qadam, - voqeani sharhlaydi Unitel‘ning mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari v.b. G‘ayrat Mahkamov. – Mobil ilova orqali jo‘natilgan so‘rov bo‘yicha call-markazining mutaxassislari abonent bilan bog‘lanishadi. Innovatsion mobil texnologiyalar yordamida bu servis istalgan paytda mijozlar so‘rovlarini operatorlarga tezkor yetkazish mumkin”.
Eslatib o‘tamiz, Beeline Uzbekistan rasmiy mobil ilovasini Google Play va AppStore magazinlaridan bepul yuklab olish mumkin. Bu qulay ilova yordamida kompaniya abonentlari telefon orqali mustaqil ravishda barcha komanda va xizmatlardan foydalanishlari mumkin, shuningdek tarif rejasi va balansni bilish, asosiy xizmatlarni yoqish va o‘chirish, shuningdek kompaniya yangiliklaridan boxabar bo‘lish mumkin.

Top