12:36 / 02.06.2015
3083

FIFA bosh kotibi tashkilot hisobidan Uornerga 10 mln dollar o‘tkazib bergani ma'lum qilindi

FIFA mutasaddilarining poraxo‘rligi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar ma'lum bo‘ldi.

2008 yilda FIFA bosh kotibi bo‘lib faoliyat olib borgan Jyerom Valke tashkilot vitse-prezidenti Jyek Uornerga tegishli bo‘lgan korxona hisob raqamiga 10 million dollar o‘tkazib bergan. Bu pullar FIFA hisobidan olingan va 2010 yilgi jahon chempionati JARda o‘tkazilishi uchun pora sifatida ishlatilgan bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga aytilishicha, Valke bu pullar pora sifatida ishlatilganidan bexabar bo‘lishi mumkin. Bu haqda New York Times nashrida yozilgan.

Shu o‘rinda ta'kidlab o‘tish lozim, ushbu faktlar FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan ishonch putur yetishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Top