06:01 / 02.06.2015
2865

Hindiston va Pokiston chegarasida otishma yuz berdi

Hindiston qurolli kuchlari Pokistonni ikki davlat chegara hududida o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi tartibni 3 marta buzganlikda aybladi. To‘qnashuv vaqtida hindistonlik askar jarohatlangani haqida NDTV kanali xabar bergan.

Xabarda aytilishicha Pokiston harbiylari Katxua (Jammu va Kashmir shtatlaridagi) chegara postiga qarata o‘t ochgan.

Hindiston mudofaa vazirligi mamlakat hududiga qo‘shni davlatdan 4 nafar terrorchi o‘tishga uringanini ta'kidlagan. Ulardan 3 nafari yo‘q qilingan va to‘rtinchi odam qidirilmoqda.

 
Top