16:23 / 02.06.2015
1843

Latviya delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Latviya qatnov yo‘llari vaziri o‘rinbosari Uldis Reymanis rahbarligidagi delegatsiya 1 iyun kuni O‘zbekistonga keldi.

Delegatsiya tarkibiga transport va logistika sohasida faoliyat olib boruvchi kompaniyalar vakillari kirgan.

1 iyun kuni «TexnoPlaza» biznes-markazida Latviya delegatsiyasi va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida biznes-uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2 iyun kuni delegatsiya Navoiy viloyatiga tashrif buyurishni, 3 iyun kuni esa transport va logistika bo‘yicha «O‘zbekiston — Latviya — YeI mamlakatlari: yangi imkoniyatlar va istiqbollar» xalqaro konferensiyasida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.


Top