10:51 / 02.06.2015
2577

Marg‘ilonda maktab direktori birinchi sinfga qabul qilish uchun pora olgani ma'lum bo‘ldi

Marg‘ilondagi maktab direktorlaridan biri bolalarni birinchi sinfga qabul qilish uchun pora olgani aniqlandi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Nashrda yozilishicha, 60 yoshli E. Axunbabayev Mahfuzaxon ismli ayoldan pul tama qilgan. U opasi Marhaboxon bilan farzandini umumta'lim maktabiga joylashtirish uchun Axunbabayevga uchragan. Direktor ulardan 100 dollar va 100 ming so‘m talab qilgan. Ayollar hozircha 200 ming so‘m bera olishlarini, qolgan yarmini esa bir oydan so‘ng yetkazishlarini aytishgan.
Direktor ayollarni qorovulxonaga boshlab, ulardan pulni olgan. Uning yonidan chiqqan opa-singillar militsiyaga arz qilishgan. Axunbabayev tezda qo‘lga olinib, sudga topshirilgan.
Maktab direktori mansabdan chetlashtirilib, tegishli jazoga tortildi.

Top