19:07 / 02.06.2015
1868

Marko Van Basten: “Bugungi kundagi “Barselona” jahon chempionatini yutgan bo‘lardi”

Afsonaviy gollandiyalik futbolchi Marko Van Basten Chempionlar Ligasini futbol bo‘yicha dunyodagi eng kuchli musobaqa deb hisoblashini aytdi. “Milan” va Gollandiya terma jamoasi sobiq hujumchisining aytishicha, agar bugungi kundagi “Barselona”ga imkoniyat berilganda, u jahon chempionatini yutgan bo‘lardi.

“Yevropada dunyoning eng kuchli futbolchilari to‘p suradi. Joriy yildagi Chempionlar Ligasi yarimfinal uchrashuvlarida ishtirok etgan futbolchilar nomiga bir qarang. O‘yin darajasi va keskinligi bo‘yicha Chempionlar Ligasi Jahon chempionatini ortda qoldiradi. Agar “Barselona” bu musobaqada ishtirok etganda, u bemalol chempionatni yuta olgan bo‘lardi”, deb hisoblamoqda van Basten.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va “Yuventus o‘rtasidagi Chempionlar Ligasining final uchrashuvi 6 iyunda Berlinda bo‘lib o‘tadi.

Top