20:12 / 02.06.2015
2553

Olma-ota metrosi bekatlaridan biriga mina o‘rnatilgani bo‘lishi mumkinligi xabar qilindi

Olma-ota shahri metrosidagi bekatlardan biri "Rayimbek botir" bekatiga mina o‘rnatilgan bo‘lishi mumkinligi xabar qilinmoqda. Bu haqda Zakon.kz nashri xabar bergan.

Ma'lum bo‘lishicha, "102" ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilinib, shunday ehtimol mavjudligini ma'lum qilishgan.

Ayni vaqtda hududda favqulodda holat hukm surmoqda, atrofni politsiya xodimlari nazorat qilishmoqda. Shuningdek, o‘t o‘chirish va tibbiyot xodimlari chaqirilgan.

Shahar metrosidagi bir qancha bekatlar yopib qo‘yilgan.

Top