11:05 / 02.06.2015
2185

Tokiodan Parijga uchib ketayotgan “Boing” samolyoti Xabarovskga qo‘nishga majbur bo‘ldi

AF 275 reysi bo‘yicha Tokioning Narita earoportidan Parijga uchib ketayotgan “Boing 777” samolyoti dvigatellaridan biri ishdan chiqqani sababli Xabarovskda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda tezkor xizmatlardagi manba xabar berdi.

Yo‘lovchilardan hech kim jarohat olmagan. O‘z navbatida, Xabarovsk aeroporti bu xabarni tasdiqladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot Xabarovskga mahalliy vaqt bilan 14:30 da (Moskva vaqti bilan 07:30 da) qo‘ngan. Samolyot Moskva vaqti bilan 4:47 da Tokiodan jo‘nab ketgan va Parijga mahalliy vaqt bilan 18:30 da yetib kelishi kerak bo‘lgan.

Narita aeroporti ushbu axborotni tasdiqlamagan va hech qanday izoh bermagan.

Top