16:07 / 02.06.2015
6769

Toshkent ko‘chalarida diplom ishi yozib beruvchilardan e'lonlar ko‘paymoqda

Toshkent ko‘chalarida “diplom ishi yozib beraman” qabilidagi e'lonlar ko‘payib ketmoqda.
Ma'lum qilinishicha, malakaviy bitiruv ishlari yozib berish narxi 600 mingdan 2 mln so‘mgacha.
“Diplom ishini pulga yozganlar o‘qishga ham pul bilan kirganini isbotlab beradi. Ular hech qachon yaxshi kadrga aylana olmaydi. Eng qizig‘i, diplom ishi yozib beraman deb iddao qilgan qalloblar ham aslida hech narsa yoza olmaydi, ular shunchaki tayyor materialni aralashtirib, yangisini yaratishga harakat qilishadi. Bunday qalloblikning ildizini quritishning eng yaxshi yo‘li tegishli saytlarda barcha ilmiy ishlarni joylashtirishdir”, – deydi filologiya fanlari nomzodi To‘lqin Eshbek “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida.

Top