Rossiyaning Tula viloyatida 14 yoshli maktab o‘quvchisi yuqori voltli elektr uzatish liniyasi tayanchiga chiqib, mobil telefonda selfi tarzida suratga tushmoqchi bo‘lganda tok urishidan halok bo‘ldi.
O‘smirni balandda tok urishi natijasida u yerga qulab, halok bo‘lgan.
Avvalroq Ryazan viloyatida 9-sinf o‘quvchisi selfi tarzida suratga tushish paytida temiryo‘l ko‘prigidan pastga qulab, halok bo‘lgan. Moskvada 21 yoshli qiz to‘pponchani boshiga qo‘yib selfiga tushmoqchi bo‘lganda bexosdan o‘zining boshiga o‘q uzib yuborgan.