11:14 / 02.06.2015
9618

UzGazOil shoxobchalarida reydlar o‘tkazildi

2015 yilning 29 may kuni prokuratura va soliq inspeksiyasi ishchilaridan iborat guruh Toshkentdagi va viloyat markazlaridagi UzGazOil shoxobchalariga reyd uyushtirdi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlarining ma'lumot berishicha, tekshiruvlarning birinchi kunidayoq 2 mlrd so‘mlik moliyaviy huquqbuzarliklar aniqlangan.
Haydovchilar ko‘pdan buyon UzGazOil shoxobchalarida ko‘rsatilayotgan xizmatdan nolib kelmoqda, dedi mutasaddi xodimlardan biri. Benzinni aytilganidan kam quyish, benzin sifatini pasaytirish, rasmiy bahodan yuqori narxlarda sotish ushbu shoxobchalarda oddiy holga aylanib qolgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, benzin quyish shoxobchalarining ko‘pida “mini-masjid”lar tashkil qilingani, butun jamoa bo‘lib namoz o‘qilishi davlat organlarining xavotiriga sabab bo‘lgan.

Top