23:59 / 03.06.2015
1768

“Yuventus” futbolchilari Bardzali safga qaytdi, Kellini esa mushaklarida biroz og‘riq sezmoqda

Italiyaning A seriyasida mavsumning so‘nggi uchrashuvini o‘tkazib yuborgan, Turinning “Yuventus” futbol klubi futbolchisi Andrea Bardzali Chempionlar Ligasi final uchrashuvidan oldin safga qaytdi.

Turinliklar himoyachisi Jorjo Kellini chap oyog‘idagi boldir mushagida biroz og‘riq sezayotgani sababli 3 iyundagi mashg‘ulotni muddatidan oldin tugatishga majbur bo‘ldi. 4 iyunda o‘yinchi tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Top