16:42 / 03.06.2015
2041

AQSh elchisi Pamela Spratlen Samarqandni ziyorat qildi

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen 18-19 may kunlari Samarqandga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Pamela Spratlen Samarqand davlat universitetiga borib, rektor Olimjon Xolmuhammedov bilan uchrashgan. Shuningdek, universitetning iqtidorli magistrlari va doktorantlari bilan seminar o‘tkazildi. Uchrashuv chog‘ida AQSh universitetlari bilan bo‘lajak hamkorlik va ingliz tilini o‘qitish uslublarini yaxshilash mavzulari muhokama qilingan.

So‘ng Pamela Spratlen Samarqand qishloq xo‘jalik institutida laboratoriya va veterinariya o‘quv markazi ochilishida ham ishtirok etgan.

Tashrif davomida elchi Samarqand tarixiga bag‘ishlangan «Afrosiyob» muzeyini ham borib ko‘rgan.

Top