07:08 / 03.06.2015
3392

AQSh Nobel mukofotini topshirish marosimida qatnashish uchun Osloga boradigan Snoudenni qabul qilmaslikni maslahat bermoqda

AQSh Davlat departamenti vakili Mari Xarf Norvegiya hukumatiga AQShning sobiq xodimi Edvard Snoudenni qabul qilmaslikni maslahat berdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

“Biz bunday maslahatni istalgan davlatga bergan bo‘lardik. Snouden faqatgina bitta joy – AQShga jo‘natilishi kerak hamda o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlar uchun javob berishi kerak”, deb ta'kidlab o‘tdi Xarf.

Edvard Snouden Norvegiyaga norvegiyalik yozuvchi Bernstern Bernson nomidagi mukofotni olish uchun taklif etilgan.

Avvalroq shu munosabat bilan Edvard Snouden Norvegiyaga borishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Top