12:01 / 03.06.2015
2214

Beeline O‘zbekiston banklari uchun yagona markaziylashtirilgan simsiz tarmoqni yaratdi

3 iyun 2015, Toshkent. Aloqa operatori Beeline Markaziy bank va mamlakatning boshqa banklari hamda kredit tashkilotlari o‘rtasida yagona tarmoqni yaratish bo‘yicha loyihaning yakunini yasadilar. Bugungi kunda ushbu tarmoq 40taga yaqin banklarni, ularning filiallarini va kredit tashkilotlarini birlashtirmoqda.

«Beeline ushbu biznes-qarorni bir yil oldin taqdim qilgan bo‘lib, undan keyin Markaziy bankning tarmog‘iga, ushbu innovatsiyaga qiziqish bildirgan, O‘zbekistonning bir nechta banklarining ulanishi amalga oshirildi, – deydi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov. – Ushbu xizmat, banklarni, ularning filiallarini va kredit tashkilotlarni yagona tarmoqqa birlashtirib, ularga uzoq viloyatlardagi bo‘linmalar bilan simsiz uyali GSM-aloqani ta'minlashga, shuningdek, Yagona protsessing markazi va boshqa tashkilotlar bilan aloqani uzmaslikka imkoniyat beradi».

Hozirgi paytda Beeline yagona tarmoqni kengaytirish va ushbu yo‘nalishda xizmatlarni rivojlantirish ustida ishlashda davom etmoqda.

Top