14:08 / 03.06.2015
2304

Benites Krishtianu Ronalduni markaziy hujumchi sifatida o‘ynatmoqchi

"Real"ning yangi bosh murabbiyi Rafael Benites jamoaning portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldudan markaziy hujumchi o‘rnida foydalanmoqchiligini ma'lum qilgan.

Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, portugaliyalik futbolchi Karlo Anchelotti davridagidek chap qanotda emas, balki aynan hujum markazida to‘p surishi lozim. 

Bunday o‘rin almashtirish birinchi navbatda Garet Beylning foydasiga xizmat qiladi. Uelslik futbolchi keyingi mavsumda o‘zining sevimli pozitsiyasi – chap qanotda o‘ynashi mumkin, deyiladi xabarda.

Shuningdek, 55 yoshli mutaxassis shu vaqtgacha "Real"ning markaziy hujumchisi sifatida o‘ynagan Karim Benzemadan boshqa maqsadda foydalanishni rejalashtirmoqda.

Top