16:44 / 03.06.2015
2397

Chimyonga boruvchi yo‘llar ta'mirdan chiqarildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘ chang‘isi majmuasiga eltuvchi yo‘llar ta'mirdan chiqarildi. Bu haqda “O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasining rasmiy sayti orqali xabar qilindi.
Aytilishicha, ta'mirlash ishlari kompaniya qoshidagi Qibray va Bo‘stonliq tuman yo‘l xo‘jaligini ta'mirlash va ekspluatatsiya qilish pudrat kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan. Ta'mirlash ishlari “Toshkent-O‘ngqo‘rg‘on-Yonariq” 4K-700 avtoyo‘lining 2-6 km uchastkasida, “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” 4R6 avtoyo‘lining 56-66 va 76-92 km uchastkasida olib borilgan.

Top