07:28 / 03.06.2015
1652

Diyego Kosta: Menda "Chelsi"dan ketish uchun hech qanday sabab yo‘q

"Chelsi" jamoasining ispaniyalik hujumchisi o‘zining "Atletiko"ga qaytish uchun maoshi kamaytirilishiga ham rozi ekanligi haqidagi mish-mishlarni inkor qilib chiqdi.

"Men Londondan ketish taraddudiga tushganim yo‘q. Ketishim haqidagi savollarga osongina javob berish mumkin. Birinchi mavsumda o‘zimning bor imkoniyatimni ishga sola olmadim. Lekin bu ketishimga sabab bo‘la olmaydi", deydi Kosta.

Shuningdek u o‘zini londonlik muxlislar yoqtirishini, shuning uchun ham Londonda qolishini ta'kidlab o‘tgan.

Top