16:31 / 03.06.2015
3326

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyotining 2015 yildagi o‘sish prognozlarini tushirdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2015 yili O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sish prognozlarini 7.8 foizdan 7 foizga tushirdi. Birinchi raqam moliyaviy tashkilot tomonidan joriy yilning yanvarida berilgan edi.

May oyida e'lon qilingan “YeTTB operatsiyalari mamlakatlaridagi mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar” hisobotida ta'kidlanishicha, ko‘rsatilgan davrda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 9.8 foizga qisqaradi. Ilgari bu ko‘rsatkich 11 foizga teng bo‘lishi aytilgandi.

Shuningdek, aytilishicha, o‘tgan yili mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish 8.1 foizni, inflyatsiya 8.4 foizni tashkil qilgan.

Top