17:36 / 03.06.2015
1874

Jo‘rabek Karimov “Rolan Garros”ning 3-bosqichiga chiqdi

O‘zbekistonlik iste'dodli yosh tennischi Jo‘rabek Karimov Parij shahrida davom etayotgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga “Rolan Garros” turnirning o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. U uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi.

Jo‘rabek Karimov ilk bosqichda fransiyalik Maksim Petelni 6:1, 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi davrada koreyalik Seong-Chan Xongdan 6:2, 6:3 hisobida ustun keldi. Endi u uchinchi bosqichda turnirning 13-raketkasi, dunyo reytingida 528-o‘rinni egallab turgan AQSh vakili Tommi Paulga qarshi kortga chiqadi.

Taqqoslash uchun, Jo‘rabek Karimov ATP reytingida 893-pog‘onadan joy olgan. U shu yili Avstraliya Ochiq chempionatining yarim finaliga qadar yetib borib, o‘ziga xos shov-shuv sababchisiga aylangan edi.

Top