15:39 / 03.06.2015
2113

Lenovo kompaniyasining mobil bo‘linmasi rahbari iste'foga chiqdi

Xitoyning Lenovo kompaniyasi mobil bo‘linmasi rahbari Lyu Tszin lavozimidan ozod etildi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar bermoqda.
Lyu Tszin kompaniya bosh direktori Yan Yantszinning maslahatchisi etib tayinlanadi. Uning o‘rnini esa ichki bozorga mo‘ljallangan ShenQi brendi smartfonlarini ishlab chiqarish bo‘limiga boshchilik qilgan Chen Syudon egallaydi.
Tszinning nima sababdan mansabdan ketgani haqida aniq axborot berilmagan.

Top