13:52 / 03.06.2015
7946

Merkel jahon hamjamiyatiga xavf solayotgan uch tahdidni aytdi

Germaniya kansleri Angela Merkel Yaponiyaning Yomiuri nashrida e'lon qilingan maqolasida jahon hamjamiyatiga xavf solayotgan uch asosiy tahdidni sanab o‘tdi.

Merkel xonimning fikricha, ayni kunlarda jahonning uch asosiy muammosi quyidagilardir: Rossiya tomonidan Qrimning okkupatsiya qilinishi, Ebola virusi epidemiyasi, Yaqin Sharqdagi terrorchi guruhlar.
“Sovuq urush tugaganidan 25 yil o‘tib, tinchlik Qrimning egallab olinishi bilan buzilishini hech kim xayoliga keltirmagan edi. Ebola virusi Afrika davlatlari taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladi deb hech kim o‘ylamagandi. Yaqin Sharqdagi terrorchi guruhlar bunday xavf tug‘diradi deb hech kim o‘ylamagandi”, – deydi o‘z maqolasida Germaniya yetakchisi.
Uning fikricha, G7 sammitida aynan shu mavzularni muhokama qilish o‘rinli.

Top