19:32 / 03.06.2015
1952

NASA olimlari samolyotlarni hasharotlardan himoyalovchi qoplama ixtiro qildi

NASA olimlari Boeing muhandislari bilan birgalikda o‘zlari yaratgan, hasharot qoldiqlarining samolyot qanotlariga yopishishiga yo‘l qo‘ymaydigan qoplamani sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda NASA ning rasmiy saytida ma'lum qilinmoqda.

Olimlar dala sharoitlarida qoplamalarning 5 turini sinovdan o‘tkazishdi. Ular tomonidan ushbu qoplamalar bilan jihozlangan Boeing 757 samolyoti 15 ta sinov parvozini amalga oshirdi. Samolyot har sinov parvozi paytida bir necha marta qo‘nib, yana havoga ko‘tarildi. Sinovlar uchun Luiziana shtatidagi Shrivporte aeroporti bu hududda qo‘ng‘izlar juda ko‘p bo‘lgani sababli tanlandi.

Qoplamalardan eng yaxshi ko‘rsatkichlarni o‘zidan nilufar guli bargining sirti tuzilishiga o‘xshash material namoyish etdi. Ushbu material maxsus kimyoviy tarkib bilan qoplangan. Sinov natijalarining ko‘rsatishicha, bu materialdan foydalanganda qanotlarga yopishib qolgan qo‘ng‘izlar miqdori standart qoplamali samolyotdagidan 40 foizga kamroqni tashkil qilgan.

Nilufar barglari sirti suv tomchilariga oqib ketishga yo‘l qo‘ymaydigan bir necha mikrometrni tashkil qiluvchi o‘ziga xos tikanlardan iboratligi bilan olimlarning e'tiborini tortdi.

NASA o‘z izlanishlarini yonilg‘i sarfini kamaytirish zarurligi bilan asosladi. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot qanotlariga yopishib qolgan hasharotlar qoldiqlari qo‘shimcha qarshilikni vujudga keltirib, havo oqimlarining yo‘nalishini o‘zgartirib, yoqilg‘i sarfini 6 foizga oshiradi.

Top