08:12 / 03.06.2015
2678

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi MDH davlatlari mudofaa vazirliklari kengashida ishtirok etadi

3 iyunda Qirg‘izistonda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu raisligida MDH davlatlari mudofaa vazirliklari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Yig‘ilishda asosiy e'tibor 2016 yilda MDH davlatlari o‘rtasida harbiy hamkorlikni rivojlantirish va Qurolli kuchlarining birgalikdagi tadbirlarini o‘tkazish, MDH davlatlari Havo hujumiga qarshi birlashgan tizimining harbiy imkoniyatlarini oshirish masalalariga qaratiladi.

Yig‘ilishda MDH davlatlari mudofaa vazirliklarining ko‘p tomonlama hamkorligiga tegishli 20ga yaqin masala muhokama qilinadi.

Kengash ishida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston mudofaa vazirliklari delegatsiyalari ishtirok etadi.

Top