07:21 / 03.06.2015
1457

Rodjyers yangi mavsumda ham "Liverpul"da ishlaydi

"Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rodjyers yangi mavsumda ham klubda o‘z ishini davom ettiradi.

2 iyun kuni 42 yoshli mutaxassis klub xo‘jayinlari Tom Verner va «Fenuey Sports Grupp» prezidenti Mayk Gordon bilan uchrashdi, uchrashuv samarali o‘tdi, deyiladi xabarda.

Rodjyers mavsum yakunida muxlislar va jamoatchilik tanqidiga uchragan edi. Jamoa Angliya chempionatida 6-o‘rinni oldi va yevrokuboklardan quruq qoldi. Shuningdek, YeChL guruh bosqichidan o‘ta olmadi.

Top