08:56 / 03.06.2015
3189

Saakashvili Odessa viloyatidagi 27 tumanning 24tasidagi hokimlarni ishdan bo‘shatmoqchi

Gruziyaning sobiq prezidenti hamda Ukrainaning Odessa viloyatida amaldagi gubernator hisoblanuvchi Mixail Saakashvili viloyatdagi 27 tumandan 24tasidagi rahbarlarni almashtirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

"Bu viloyatda 27ta tuman mavjud. Ulardan 3tasiga yaqindagina yangi rahbarlar tayinlangan. 24tasiga ham yangi rahbarlar tayinlash kerak, tanlov asosida yangi jamoa tuzamiz. Men bu tanlov orqali butun Ukraina bo‘ylab nomzodlarni Odessaga chaqiraman", deydi Saakashvili Gruziyaning "Rustavi 2" telekanaliga bergan intervyusi chog‘ida.

U yangi islohotlar uchun yangi jamoa zarurligini ta'kidlagan. Shuningdek, undan qaysidir hokimni o‘z o‘rnida qoldirishni so‘rab telefon qilishsa, uni birinchi navbatda ishdan bo‘shatishini aytgan.

Top