22:18 / 03.06.2015
2628

ShHT davlatlari Tehronning tashkilotdagi mavqeini oshirishni so‘rashmoqda

Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari Tehron yadroviy muammoni hal qilganini hisobga olib uning tashkilotdagi mavqeini oshirishni so‘rashmoqda. Bu haqda “TASS” axborot agentligi xabar bermoqda.

Bunday bayonot bilan ShHT davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov chiqdi.

“Biz 2005 yildan beri ShHT faoliyatida kuzatuvchi davlat sifatida faol ishtirok etib kelayotgan Eronning arizasini ko‘rib chiqdik. Biz hammamiz Eron yadroviy muammoni hal qilganini hisobga olib, uning tashkilotdagi mavqeini oshirish fikrini bildirdik”, deb aytdi Lavrov.

Top