06:24 / 03.06.2015
1951

Shveytsariya bosh prokuraturasi Blatterga nisbatan tergov olib bormayotganini ma'lum qildi

Shveytsariya bosh prokuraturasi mamlakat hukumati 2 iyunda o‘z lavozimidan ketishini e'lon qilgan FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan tergov olib bormayotganini ma'lum qildi.

“Yozef Blatterga nisbatan tergov olib borilmayapti. Uning iste'fosi jinoiy tekshiruvlarning borishiga ta'sir qilmaydi”, deb aytmoqda prokuratura.

Biroq ABC News telekanalining ma'lumotlariga ko‘ra, Blatter ham AQSh Federal qidiruvlar byurosining tergov obekti bo‘lgan.

Avvalroq FIFAning yangi prezidenti saylovlari joriy yilning dekabridan 2016 yilning martigacha davr ichida bo‘lib o‘tishi ma'lum qilingandi.

Blatter 1998 yildan beri FIFAga rahbarlik qilib kelgandi, 29 mayda esa ushbu lavozimga 5-muddatga qayta saylangan edi.

Top