16:17 / 03.06.2015
4373

ShHT faoliyatiga 12 mamlakat qo‘shilishga tayyor

Shanxay hamkorlik tashloti (ShHT) faoliyatiga 12 mamlakat qo‘shilishga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ShHT davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvidan oldin berilgan bayonotda ta'kidlanadi.
“Uchrashuv chog‘ida ShXTni kengaytirish jarayonini ishga tushirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunda tashkilot faoliyatiga qo‘shilish niyatini 12 mamlakat bildirdi”, – deyiladi matbuot xabarnomasida.
Ayni paytda Hindiston va Pokistonni ShHT tarkibiga olish masalasi kun tartibida turibdi. Ulardan so‘ng Eron nomzodi ko‘rib chiqiladi.

Top