11:42 / 03.06.2015
1613

Sinisha Mixaylovich "Milan" bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida qaralmoqda

"Milan" jamoasi rahbariyati Filippo Inzagi o‘rniga yangi bosh murabbiy izlashda davom etmoqda.

Football Italia nashrida ma'lum qilinishicha, Karlo Anchelotti "Milan" taklifini rad qilganidan so‘ng, bu o‘rin uchun nomzodlar ro‘yxatida 4 nafar nomzod qolgan.

Endilikda, "Sampdoriya"ning sobiq bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich "Milan"ni boshqarish uchun asosiy da'vogar hisoblanadi.

Bundan tashqari, "rossonerilar" Vinchentso Montella ("Fiorentina") va Roberto Donadoni ("Parma") bilan ham aloqaga chiqishgan. Shuningdek, ayni vaqtda milanliklarning yoshlar jamoasida faoliyat yuritayotgan Kristian Brokki ham asosiy jamoa boshqaruviga o‘tishi mumkin.

Top