20:43 / 03.06.2015
4412

Toshkentda OAV xodimlari uchun “Davlat byudjyeti ijrosining g‘aznachilik tizimi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Toshkentda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Davlat byudjyeti ijrosining g‘aznachilik tizimi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda byudjyet tizimi islohoti” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan seminar-treningdan ko‘zlangan maqsad jurnalistlarning mamlakatimiz g‘aznachilik tizimi vazifalari xususidagi xabardorlik darajasini oshirishdan iborat. Ushbu tadbir O‘zbekiston byudjyet tizimini isloh etish masalalariga bag‘ishlangan turkum seminarlardan biri bo‘ldi. 

"Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti rahnamoligida mamlakat byudjyet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining salmoqli natijalarini berayotgani ta'kidlandi. Chunonchi, soliq yuki bosqichma-bosqich kamaytirilib, iqtisodiyotimiz barqaror rivojlanmoqda va sohada davlat dasturlaridan foydalanishni kengaytirish orqali byudjyet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi ortmoqda. Shuningdek, ijtimoiy sohalar yanada rivojlanib, aholi daromadi, jamg‘arilgan mablag‘lari va xarid qobiliyatida o‘sish kuzatilmoqda", deyiladi UzA xabarida. 

Seminar-trening doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi tuzilmasi va uning vazifalari, Davlat byudjyeti ijrosini ta'minlashda g‘aznachilik tizimi xususiyatlari va bu boradagi tegishli me'yoriy-huquqiy baza atroflicha ko‘rib chiqildi. 

Top