11:32 / 03.06.2015
2129

Xitoyda suv ostiga g‘arq bo‘lgan kemaning 430 yo‘lovchisi taqdiri noma'lumligicha qolmoqda

Xitoyning Yantszi daryosida bir kun muqaddam cho‘kib ketgan turistik kemaning 430 yo‘lovchisi dom-daraksiz ketganlar sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Hozirga kelib 14 kishi qutqarilgan. Transport vazirligi bergan ma'lumotlarga qaraganda, kema bortida 405 yo‘lovchi va 46 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.

Qutqaruv operatsiyasida 4 mingdan ortiq mutaxassis ishtirok etmoqda, ular orasida politsiyachilar, o‘t o‘chiruvchilar va armiya bo‘linmalari mavjud.

Yaqin 24-36 soat ichida ob-havo sharoitlari qutqaruvchilarga to‘sqinlik qilib turadi.

Top