17:44 / 04.06.2015
3456

“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida “Avtosanoat-Landi Renzo” qo‘shma korxonasi faoliyat boshladi

“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida “Avtosanoat-Landi Renzo” qo‘shma korxonasi faoliyat boshladi. Bu yerda avtomobillar uchun gaz reduktorlari ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Umumiy qiymati 800 ming AQSh dollarilik ushbu loyiha “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi hamda Italiyaning “Landirenzo” kompaniyasi hamkorligida amalga oshirildi. 

"Mavjud texnologiyalarimiz yordamida yiliga 20 ming dona ehtiyot qism tayyorlash imkoniyatiga egamiz. Joriy yil oxirigacha quvvatlar o‘zlashtirilib, uch smenali ish tartibiga o‘tamiz. Mahsulotlarimiz ichki bozordan tashqari, chet ellik hamkorlarga ham yetkazib beriladi. Shuningdek, Mahalliylashtirish dasturi doirasida reduktorlarning barcha detallarini shu yerning o‘zida tayyorlash bo‘yicha istiqbolli loyihalar ustida ishlayapmiz. Bu esa qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi va valyuta tejalishiga ham xizmat qiladi", — deydi korxonaning marketing va savdo bo‘limi boshlig‘i Anvar Boboyev. 

Top