17:40 / 04.06.2015
2303

Emomali Rahmon: Tojikiston KXShTning mustahkamlanishi tarafdori

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) salohiyatining o‘sib borishi tarafdori ekanligini aytib o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Bizning tashkilotimiz mintaqadagi tinchlikni saqlashning asosiy omillaridan biridir. U umumiy muhitda samarador xavfsizlik kamarini shakllantirishga qaratilgan”, – ta'kidlab o‘tdi u tashkilotga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishidagi chiqishida.
Yig‘ilish Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Top