14:51 / 04.06.2015
3436

FIFA sobiq amaldori JCh mezbonligini aniqlashda pora olganini tan oldi

FIFA ijroqo‘mining sobiq a'zosi Chak Bleyzer 1998 va 2010 yillardagi jahon chempionati mezbonlarini aniqlashda poraxo‘rlikka yo‘l qo‘yilganini tan oldi. Sky Sports nashrining yozishicha, sobiq amaldor jahon chempionati mezbonligi Fransiya va JARga berilganda pora olishda ishtirok etgan.

«Men va FIFAning boshqa a'zolari 1992 yilda JCh-1998 mezbonligini aniqlashda pora olishga ko‘nganmiz. Bundan tashqari JCh-2010 JARda bo‘lishi uchun ham pora olganmiz», deya Bleyzerning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports nashri.

Top