12:37 / 04.06.2015
1825

Krayscherchda O‘zbekiston U-20 termasini qo‘llash uchun muxlislar jamoasini tashkil qilindi

O‘zbekiston terma jamoasi muxlislar klubi rahbari Abdurahmon Fozilov Yangi Zelandiyada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston U-20ni qo‘llab quvvatlash uchun yolg‘iz o‘zi safarga otlangandi.

Muxlislar klubi rahbari JCh guruh bosqichi ikkinchi turida Germaniyaga qarshi kechadigan uchrashuvda O‘zbekiston U-20ni qo‘llash uchun mahalliy ishqibozlardan jamoa tashkil qildi. Ayni vaqtda Abdurahmon Fozilov rahbarligida mahalliy muxlislar O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llash uchun tayyorlanishdi. 

Krayscherchda nafaqat Abdurahmon Fozilov, balki unga yordam berayotgan ko‘ngillilar ham mahalliy ishqibozlar orasida targ‘ibot olib borib, ularga O‘zbekiston bayrog‘ini tarqatishdi.

Top