14:34 / 04.06.2015
5336

Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari AQShga tahdid solayotgan bosh xavf bu uning o‘zi ekanligini aytdi

AQShda ilk bor mamlakat o‘z-o‘ziga xavf solayotgani ochiqchasiga tan olindi. AQShning tashqi siyosati, uning xalqaro mojarolarga muntazam ravishda aralashuvi mamlakatning milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda, deb aytmoqda MRB rahbari Jon Brennan.
MRB rahbari buni AQSh telekanallaridan birining efirida ochiqchasiga tan oldi.

AQShning Eron, Iroq, Suriya, Yaman, Liviya va boshqa davlatlardagi aksilterrorchilik faoliyati salbiy oqibatlarga olib kelayotganining MRB rahbari tomonidan tan olinishi kutilmagan hodisa bo‘ldi. Avval AQSh tomonidan bunday dongdor bayonotlar berilmagan edi.

Top