09:52 / 04.06.2015
2582

MERS virusining tarqalishi tufayli 7 ming sayyoh Janubiy Koreyaga borishdan voz kechdi

7 mingga yaqin turist Yaqin Sharq respirator sindromi koronar virusiga (MERS) chalinganishdan qo‘rqib, Janubiy Koreyaga rejalashtirilgan safarlardan voz kechdi.

Renxap agentligining Koreya turistik tashkiloti ma'lumotlariga tayanib keltirishicha, shu hafta dushanba kuni bekor qilingan yo‘llanmalar miqdori 2.5 mingtani tashkil qilgan edi. Ammo keyingi kuni kechgacha bundaylar soni 7 ming kishiga yetgan. Eng ko‘p yo‘llanmalar Xitoy va bir qator Osiyo davlatlari fuqarolari tomonidan bekor qilingan.

Janubiy Koreyada Yaqin Sharq respirator sindromi koronar virusiga (MERS) chalinganlar soni 35 kishiga yetdi. Virus tarqalishi oqibatida 2 kishi vafot etdi. Karantinga tavsiya qilingan odamlar soni 1 300 kishiga yetdi. Ulardan 398 nafari allaqachon kasallikka chalinib bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Top