23:55 / 04.06.2015
1333

"Monako" "Chelsi"dan Falkaoning ijarasi uchun 5 mln funt so‘ramoqda

“Monako” hujumchisi Radamel Falkao Amerika kubogi musobaqasi boshlangunga qadar “Chelsi”ga o‘tishi mumkin.

Jamoalar muzokaralar olib borishni davom ettirishmoqda. “Monako” futbolchining ijarasi uchun 5 mln funt talab qilmoqda.

Avvalroq, 29 yoshli kolumbiyalik futbolchi “Chelsi”ga o‘tish uchun maoshining kamaytirilishiga rozi ekanini ma'lum qilgan edi.

2014/2015 yilgi mavsumda Falkao ijara asosida “Manchester Yunayted” tarkibida to‘p surdi. 

Top