10:59 / 04.06.2015
1602

Nokia Toshkent axborot texnologiyalari universitetida seminar o‘tkazdi

3 iyun kuni Nokia Networks kompaniyaning 150 yilligi munosabati bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bakalavriati yuqori bosqichlarida va magistraturada o‘quvchi talabalari hamda o‘qituvchilari uchun Barcelona Revisited deb nomlangan seminar o‘tkazdi.

Seminar Barselonadagi Mobil Kongressda Nokia kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan asosiy innovatsiyalarga bag‘ishlandi.

Kompaniya ekspertlari operatorlarga internet dunyosi qo‘yadigan talablardan ortda qolmaslikda yordam bera oladigan telekommunikatsiya buluti texnologiyalari; joylashgan joyi haqida axborot berishga asoslangan eng yangi dasturlarning avtomobil boshqarishda xavfsizlikni oshirishi, o‘ta zich tarmoqlar sig‘im uchun oshib borayotgan ehtiyojni qondirishda qo‘l kelishi va boshqalar haqida gapirildi.

Kompaniya prognozlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib, mobil aloqa tarmog‘i 2010 yilga nisbatan 1000 marta ko‘proq trafik hajmiga xizmat ko‘rsatishi kerak bo‘ladi, bunga 10 barobar ko‘proq uya yaratib, spektr manbalarini 10 marta ko‘paytirish va samaradorlikni 10 marotaba oshirish imkonini beruvchi texnlogiyalarni uyg‘unlashtirish hisobiga erishish mumkin.


Top