08:14 / 04.06.2015
1735

O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Qozog‘istonda o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqalarda 44ta medalni qo‘lga kiritishdi

Qozog‘istonning Chimkent shahrida sportning yengil atletika turi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining 1998-1999 yilda tug‘ilgan o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasida xalqaro musobaqalar o‘z nihoyasiga yetdi.

O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 44ta medal, jumladan, 15ta oltin, 14ta kumush va 15ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘z navbatida, yosh sportchilarimiz qozog‘istonlik yengit atletikachilardan keyin umumjamoa hisobida 203 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinni egallashdi. 3-o‘rinni Qirg‘iziston, 4-o‘rinni Tojikiston terma jamoalari qo‘lga kiritdi.

Top