07:54 / 04.06.2015
2753

Samsung Galaxy Tab S2 8.0 dunyodagi eng ingichka planshet bo‘lishi mumkin

Xitoy telekommunikatsion uskunalarni sertifikatlashtirish markazi saytida high-end-sinfidagi Galaxy Tab S2 8.0 planshetining ko‘rsatkichlari haqidagi ma'lumotlar va surati chop etildi. Samsung kompaniyasi yaqin orada bu planshetni namoyish qilishi kutilmoqda.

Qurilmada 1,9 GGts takt chastotasiga ega 8 yadroli protsessor (taxminlarcha, kompaniyaning shaxsiy protsessori Exynos 7420) qo‘llangan. Tezkor xotira 3 Gb ni, flesh-modul sig‘imi 16 Gb ni va ko‘proqni tashkil qiladi (microSD-kartasi hisobiga oshiriladi).

Planshet 2048×1536 ko‘rsatish qobiliyatiga ega 8 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Planshetning oldida 2 Mp li kamera, orqasida 8 Mp li kamera o‘rnatilgan. Planshet to‘rtinchi avlod LTE mobil tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashi aytilgan.

Planshetning og‘irligi 260 grammni, o‘lchamlari 198,2×134,5×5,4 mm.ni tashkil qiladi. Planshet bunday qalinlik bilan 8-dyuymli planshetlar toifasida dunyodagi eng ingichka planshet nomini olishga da'vogarlik qilishi mumkin. Planshet Android Lollipop operatsion tizimi o‘rnatilgan holda sotiladi.

Top