19:06 / 04.06.2015
1593

Sinisha Mixaylovich "Milan" bosh murabbiyi bo‘lishi oydinlashmoqda

1 iyun kuni "Sampdoriya" bosh murabbiyligi o‘rnini tark etgan serbiyalik mutaxassis Sinisha Mixaylovich Filippo Inzagining o‘rniga "rossonerilar"ni boshqarishi haqida xabarlar tarqalgan.

Italiyadagi OAVlarning yozishicha, u "Milan" rahbarlari, xususan Silvio Berluskoni va Adriano Galliani bilan uchrashgan.

Football Italia nashrida aytilishicha, tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgani yaqin vaqtlar ichida rasman tasdiqlanadi. Xabarda Mixaylovich bilan yiliga 2 mln yevro to‘lashni ko‘zda tutuvchi 2 yillik shartnoma imzolangani aytilgan.

La Gazzetta dello Sport nashrida ma'lum qilinishicha, bu mutaxassis o‘zi bilan "Milan"ga "Sampdoriya"dagi bir necha shogirdlarini, himoyachi Lorentso de Silvestri, yarim himoyachi Roberto Soriano hamda hujumchi Ederni olib kelishni rejalashtirgan.

Ma'lumot uchun, 46 yoshli Mixaylovich o‘z vaqtida Serbiya terma jamoasi hamda "Fiorentina", "Kataniya" va "Bolonya" jamoalarida ishlagan. Shuningdek, u "Inter"da Roberto Manchiniga yordamchilik qilgan.

Top