20:36 / 04.06.2015
1660

Subway fastfud tarmog‘i o‘z sendvichlarini tayyorlashda sun'iy masalliqlardan foydalanishdan voz kechmoqda

Subway fastfud tarmog‘i o‘z sendvichlarini tayyorlashda sun'iy masalliqlardan (konservantlar, bioqo‘shimchalar, aromatizatorlar va h.k.) foydalanishdan voz kechmoqda, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Kompaniya 2017 yilga qadar faqatgina Shimoliy Amerikada bunday masalliqlardan voz kechishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda kompaniyaning ijtimoiy javobgarlik bo‘yicha direktori Elizabet Styuart. Subway o‘z mijozlariga sog‘lom taom taklif qilishni davom ettirmoqchi.
Taco Bell, McDonald's, Kraft va Nestle kompaniyalari ham o‘z mahsulotlarida sun'iy ingridiyentlardan foydalanishdan voz kechishini ma'lum qildi.

Top