09:36 / 04.06.2015
5806

Tojikiston hukumati maktab o‘quv rejasiga din tarixi o‘quv predmetini kiritmoqda

Tojikiston davlat maktablarida radikallikning oldini olish uchun sentabrdan yangi o‘quv rejasi kiritiladi. Bunga radikallik oqibatida 2011 yildan beri 400 ga yaqin tojik Suriya va Iroqqa IShID safiga qo‘shilgani jo‘nab ketgan sabab sifatida ko‘rsatiladi.

9-sinf maktab o‘quvchilari sentabrdan “Dinlar tarixi” o‘quv predmetidan tahsil olishni boshlaydi. Ushbu fandan dars bir haftada bir marta o‘tiladi.

Tojikiston din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi boshchiligidagi pedagoglar ishchi guruhi yangi o‘quv yiliga ushbu o‘quv predmetidan darslik tayyorlaydi.

Yangi o‘quv predmetini kiritishdan maqsad yoshlar dunyo dinlari tarixi bo‘yicha bilimlarni egallashi va shu tariqa ularning turli xil radikal guruhlarga nosog‘lom qiziqishini kamaytirishdan iborat.

2009 yildan 2011 yilgacha Tojikiston maktablarida “Islom ta'limi” fanidan dars o‘tilgan. O‘sha paytdagi Tojikiston Xalq ta'limi vaziri o‘quvchilar shundoq ham ko‘p fanlardan dars o‘tishini aytib, bu fanni bekor qilgan edi.

Tojikiston hukumati hozirgi bo‘layotgan voqealar ortida bu o‘quv predmetini maktab o‘quv dasturiga qayta kiritishga qaror qildi.

Top