19:58 / 04.06.2015
8526

Toshkent chorrahalariga o‘rnatilayotgan kameralar borasida batafsil ma'lumot berildi

Toshkent shahridagi 120ta chorrahaga video kuzatuv moslamalari o‘rnatiladi, keyinchalik ularning soni ortadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, yangi tizim qurilish-montaj ishlari nihoyasiga yetishi bilan ishga tushiriladi. Bu haqda u ishga tushishidan avval harakat ishtirokchilariga OAV orqali batafsil ma'lumot beriladi.

Joriy etilayotgan yangilikning asosiy maqsadi:

  • Toshkent shahri ko‘chalarida yo‘l harakati xavfsizligini zamonaviy texnologiyalar orqali ta'minlashga;
  • yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalaridan himoyalanganlik darajasini oshirishga;
  • poytaxt ko‘chalarining yuqori harakat jadalligi sharoitida yo‘l harakatini nazorat qilish, qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash, qayd etish hamda profilaktika qilish ishlarini takomillashtirishga qaratilgan.

Buning uchun nazorat qilinadigan har bir obekt (chorraha) harakatni nazorat qiluvchi, qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlovchi zamonaviy texnik vositalar (intellektual detektorlar, kontrollerlar, videokamera) bilan jihozlanadi.

Chorrahalardagi vaziyatni masofadan uzluksiz kuzatib borish uchun videokameralar hamda fuqarolar uchun maxsus xizmatlarni (ichki ishlar, tez tibbiy yordam va h.k.) chaqirish vositalari o‘rnatiladi.

Loyihani amalga oshirish bilan ushbu sohada muayyan tajribaga ega bo‘lgan AGT Group GmbH kompaniyasining mutaxassislari shug‘ullanmoqda.


Top