12:29 / 04.06.2015
5034

Toshkentda Yulduz Usmonovaning yangi klipi suratga olindi

2 iyun kuni Toshkentdagi maktablardan birida xonanda Yulduz Usmonovaning “Ota faryodi” nomli qo‘shig‘i uchun videoklip suratga olish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda xonandaning rasmiy sayti orqali ma'lum qilindi.

Aytilishicha, videoklip syujyeti bir necha yil muqaddam bo‘lib o‘tgan real voqeaga asoslanadi. Bir bola, maktabdan qaytayotib, nosoz ko‘prik ustida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa qurboni bo‘ladi. Fojiadan bexabar ota farzandini boshqa tomonda kutib turadi.

Klip “9999” studiyasi tomonidan suratga olinmoqda.

Top