"Palermo"ning argentinalik hujumchisi Paulo Dibala 32 mln yevro evaziga "Yuventus" futbolchisiga aylandi. Bu haqda turinliklarning rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Jamoa bu hujumchi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.
Futbolchi esa turli bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda yiliga 8 mln yevro ishlashi mumkin bo‘ladi.
21 yoshli bu futbolchi 2014-2015 yilgi mavsumda "Palermo" safida 34 o‘yinda maydonga tushib, 13 gol hamda 12ta golli uzatmani amalga oshirgan.