15:10 / 05.06.2015
1773

“O‘zkimyosanoat” 539.31 ming tonna mineral o‘g‘itlar ishlab chiqardi

2015 yilning yanvar va may oylari oralig‘ida “O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida 882,2 mlrd so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichlariga nisbatan 103.9 foizni tashkil qiladi.
Ishlab chiqarilgan xalq iste'moli mollarining umumiy qiymati 80.9 mlrd so‘mga teng. Bu boradagi o‘sish sur'atlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 119.7 foizni tashkil qildi.
Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, 539.31 ming tonna mineral o‘g‘itlar, shu jumladan, 427,76 ming tonna azot, 55.78 ming tonna fosfor va 55.78 ming tonna kaliy o‘g‘iti ishlab chiqarilgan.

Top