07:46 / 05.06.2015
4153

Argentina prezidenti Moskvaga tashrifi paytida Snouden bilan bir soatdan ko‘proq suhbatlashgan

2015 yilning aprel oyida Argentina prezidenti Kristina Kirshner Moskvaga tashrifi paytida Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Edvard Snouden bilan bir soatdan ortiqroq vaqt davomida suhbatlashgan. Bu haqda Buenos Aires Herald gazetasi Snoudenning AQShdagi advokati Entoni Romeroga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.

“Snouden prezident Kirshner bilan uchrashdi. Ular bir soatdan ko‘proq suhbatlashishdi. Bilmayman, nima uchun prezident bu haqda bayonot bermagan”, deb aytib o‘tdi Snoudening advokati va Kirshner dunyo yetakchilari orasida Snouden bilan uchrashgan ilk yetakchi bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, uchrashuv Britaniya maxsus xizmatlari Folklend orollari bo‘yicha ma'lumot topish maqsadida Argentina hukumati orqasidan josuslik qilgani holati ma'lum bo‘lgandan ikki hafta o‘tib bo‘lib o‘tgan.

Top